Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori örinbosari Saida Mirziyoyeva Facebook’dagi sahifasida öquvçilar bilan muloqotining ilk yakunlarini sarhisob qildi.
«Barçaga xayrli kun!
Bugun siz bilan muloqotimning ilk yakunlarini sarhisob qilmoqçiman. Avvalgi postda yoş avlodni milliy qadriyatlar va insonparvarlik ruhida barkamol etib tarbiyalaş böyiça Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 taşabbusni amalga oşirişda maktablarning örnini muhokama qildik.
Bildirilgan izohlarga köra, sizni eng köp taşvişga solayotgan muammolar quyidagilar:
1. Qişloqlardagi maktablarning ahvoli qoniqarsizligi
2. Öquvçilar va öqituvçilarning majburiy mehnatga jalb etilişi
3. Malakali öqituvçilar yetarli emasligi va ularning hisobot töldiriş bilan ovora ekani
4. Har bir bolaning individual iqtidorini rivojlantiruvçi fanlarning yetarli emasligi
5. Kompyuter sinflari va internet bilan boğliq muammolar.
Darslarda uyali telefonlardan foydalaniş, maktab kiyimi, öquvçilarning huquqiy savodxonligi va bepul futbol maydonlariga oid masalalar ham tilga olindi.
Eng dolzarb masalalarni aniqlaşda bergan yordamingiz uçun barçangizga katta rahmat. Tegişli vazirliklar uşbu vazifalarni hal etişni boşlagan. Şu örinda, jamiyat uçun muhim bölgan bunday masalalar yeçimini topiş ma'lum vaqt, resurslar, ekspertlar muhokamasi, zarur hujjatlar tayyorlaş va albatta har birimizdan tirişqoqlik va biroz taşabbus talab etişini ta'kidlamoqçiman», - deb yozadi u.
Bundan oldin, Saida Mirziyoyeva maktablarni prezident taşabbuslari ijrosi özagi sifatida belgilaş haqida gapirgandi.












