Xitoy hukumati “Vikipediya” onlayn-ensiklopediyasining barça tillardgi versiyalariga kirişni çekladi. Bu haqda onlayn-ensiklopediyani qöllab-quvvatlovçi “Vikimediya” jamğarmasiga iqtibos keltirgan holda “Bi-Bi-Si” telekanali xabar berdi.
“Internet-trafik batafsil tahlil qilingandan keyin Xitoyda “Vikipediya” barça tillarda bloklanganini tasdiqlay olamiz”, deb aytilgan jamğarma xabarida. Jamğarma vakillarining aytişiça, ular saytga kirişning taqiqlanişi haqida Xitoy hukumatidan heç qanday ogohlantiriş olişmagan.
Bungaça Xitoyda “Vikipediya”ning faqat xitoy tilidagi versiyasiga kirib bölmayotgandi. Biroq internetda bloklaşlar ortidan kuzatuvçi OONI loyihasi ma'lumotlariga köra, aprel oxiridan ensiklopediyaning boşqa tillardagi versiyalariga çeklov joriy qilingan.
Xitoyda onlayn-ensiklopediyadan taşqari, Google, Facebook va LinkedIn’ga ham kiriş bloklangan.
2017 yil aprelda “Vikipediya” Turkiyada ham taqiqlangandi. Rasmiy Anqaraning fikriça, sayt Turkiyani xalqaro maydonda yomonotliq qiliş kampaniyasining bir qismi bölgan.












