Misr harbiylari içki işlar vazirligi kuçlari kömagida Sinay yarimorolining markaziy qismi va şimolida 47 jangarini yöq qildi.
Ta'kidlanişiça, Sinayda davom etayotgan maxsus operatsiya vaqtida katta miqdorda qurol va öq-dori tortib olingan, jangarilar tomonidan qöllangan panohgohlar va transport aniqlangan.
Bundan taşqari, turli jinoyatlarni sodir etişda gumon qilingan 150 dan köproq kişi uşlangan.
25 aprelda Misr hukumati 3 oylik muddatga favqulodda holat rejimini kiritgan. Sinay yarimorolining şimol hududlarida komendantlik soati amal qilmoqda.












