Özbekistonda olib borilgan tadqiqotlar yangi quvvat qurilişlarisiz aholining elektr energiyasiga nisbatan ösib borayotgan ehtiyojini qondirib bölmasligini körsatdi. Kun.uz muxbiri “Özatom” agentligi boş direktori Jörabek Mirzamahmudovning 16 may kuni Xalqaro energetika konferensiyasi doirasida bergan ma'lumotiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
"Özbekistonda atom elektr stansiyasini quriş qaroriga birdaniga kelingani yöq, uni qabul qilişda barça şart-şaroitlar – iqtisodiyot rivoji, texprognozlar, yangi stansiyalarning qurilişi, elektr yetkazib beruvçi liniyalar modernizatsiyasi va energiya muvozanati uçun elektr energiyaning boşqa manbalari, xususan quyoş energiyasi, gidroenergiyani ham jalb qiliş kabi jihatlar inobatga olingan. Barça tadqiqotlar sezilarli yangi quvvat qurilişlarisiz aholining ösib borayotgan ehtiyojini qondirib bölmasligini körsatgan. Variantlar örganib çiqilib, “3+” avlodiga mansub ikki blokli AES qurişga doir qaror qabul qilingan. Tanlov strategik hamkorlarimiz – “Rosatom” davlat korporatsiyasi foydasiga hal böldi. Bunda xavfsizlik, sifat va muddatlar kabi jihatlarga ustuvorlik berildi", - dedi Mirzamahmudov.

Şuningdek, "Özatom" agentligi boş direktori bugunga qadar amalga oşirilgan işlarga töxtalib ötdi. Uning sözlariga köra, Rossiya va Özbekiston örtasida hukumatlararo kelişuv imzolangandan keyin AES qurilişi uçun salohiyatli maydonni izlaş işlari boşlab yuborilgan. Bunda maydonning AES qurilişi uçun ekologik, iqtisodiy va texnik jihatdan optimal muvofiq kelişi hisobga olinmoqda.
"Kuni keça tadqiqotlarning dastlabki bosqiçi yakunlandi. Endi “Rosatom” davlat korporatsiyasi vakillari bilan salohiyatli maydonda yanada çuqur muhandislik tadqiqotlarini ötkazişga kirişamiz. Tanlangan maydonda atrof-muhitga ta'sir bahosini işlab çiqa boşladik. Xalqaro talab va AEXA tavsiyalariga muvofiq tegişli ekspertiza va jamoatçilik eşituvi yölga qöyiladi", - ta'kidladi u.
Tadbirda ta'kidlanişiça, loyiha amalga oşişini tezlaştiriş maqsadida Rossiya Federatsiyasining qonun-qoidalaridan maksimal foydalanişga doir qaror qabul qilingan va bunday yondaşuv AEXA ekspertlari tomonidan ham qöllab-quvvatlandi.
"Şu bilan bir qatorda biz özimizning normativ bazamizni işlab çiqa boşladik, atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalanişga oid qonun şular jumlasidandir. Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasining birinçi eşituvidan ötgan va yaqin kunlarda muhokamalar davomi uçun ikkinçi eşituvga qöyiladi",













