Ijtimoiy tarmoqlarda avj olgan bahslarga nazar solinsa, Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar tufayli transport vositalarining haydovchilarida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarini (KSCh) yoqish majburiyati yuzaga chiqqanligiga nima sabab bo‘lganligi xususida haydovchilarning barchasi ham tushunishmagan, deya maxsus maqola bilan chiqqan IIBB.

KSCh nima?

To‘g‘ri: kunduzgi signal chiroqlari (KSCh ingl. Daytime running lighs, DRL) —kunning yorug‘ vaqtida harakatlanib kelayotgan transport vositasini oldindan ko‘rinishini yaxshilovchi tashqi yorituvchi moslamalardir. Gabarit chiroqlari bilan adashtirmang!

KSChning maqsadi – qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi va piyodaga ko‘rinish, shu bilan birga, uni ko‘rish imkoniyatiga xalaqit qilmaslik. Rasman, bu degani KSCh qarama-qarshi transport vositasi va piyodani ko‘ziga qaratilgan bo‘ladi.

Xato: KSCh yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar sababli sarflanadigan yoqilg‘i hajmi sezilarli darajada oshadi, degan fikr. KSChning yoqilg‘i sarflanishiga ta'siri kam. Shu bilan birga ertalabdagi dvigatelni “qizdirish” amaliyotiga avtomobilda o‘rnatilgan barcha moslamalarning ehtiyojidan ortiq yoqilg‘i sarflanadi.

Ob-havo issiq vaqtda yoniq holatdagi yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki KSCh sababli chiroqlarning linzalari erishi rostmi?

Bo‘lishi mumkin. Chunki avtomobillar yonib ham ketishlari va hattoki portlashlari ham mumkin. Endi, diqqat savol: bunday holat nima sababdan ro‘y beradi?

To‘g‘ri javob: buni hamma biladi: sabab – o‘zboshimchalik bilan avtomobil tuzilishiga aralashish, texnik holatga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lish.

Yoniq holatdagi yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki KSCh sababli linzalar, yoritgichlarning nur qaytargichlari quyidagi holatlarda erishlari mumkin:

• o‘zboshimchalik bilan yoritgichlar o‘rnatish vaqtida elektr o‘tkazgichlar noto‘g‘ri tanlanganda, yoki bog‘lanmalar sifatsiz izolyatsiya qilinganda;

• bu kabi yoritgich turlariga to‘g‘ri kelmaydigan kattaroq kuchga ega lampochkalar o‘rnatilganda yuqori kuch va issiq ajralishi sababli. Masalan tashqi sovitish moslamalik (kuler) LED-lampa ish holatida galogen lampalardan kamroq issiqlik ajratadi, ammo sovitgich ventilyatorining ishdan chiqishi yoritgichning qizib ketib erishiga sabab bo‘lishi mumkin;