«Yuventus» boş murabbiyi Massimiliano Allegri öz lavozimini tark etadi va keyingi mavsumda jamoada işlamaydi.
Turinliklar klubi uşbu mutaxassis klubni tark etişi haqida rasman ma'lum qildi, ammo hozirça bu iste'fo taşabbuskori qaysi tomon ekaniga aniqlik kiritilmadi.
Murabbiy va «Yuventus» direktorlari kengaşi raisi Andrea Anelli yaqin vaqtlar içida jurnalistlar uçun brifing ötkazişi kutilmoqda.
Allegri «Yuventus»ni 2014 yildan buyon boşqarib kelayotgandi. Sönggi 5 mavsumda turinliklar uzluksiz ravişda Italiya çempioni bölişdi, 4 marta Italiya Kubogida ğolib çiqişdi, ikki marta Çempionlar ligasi finaliga çiqişdi va ikki finalda ham ispan grandlariga yutqazişdi – 2015 yilda «Barselona»ga (1:3) 2017 yilda «Real»ga (1:4).
YeÇLning joriy mavsumida byankonerilar 1/4 finalga yetib borişdi va «Ayaks» tösiğidan öta olişmadi (1:1 va 1:2). A Seriyada jamoa mavsum yakuniga ikki tur qolganida eng yaqin ta'qibçisi «Napoli»ni 13 oçkoga ortda qoldirib, muddatidan oldin çempionga aylanişdi.












