Huawei'ning Yevropa telekommunikatsiya tarmoqlariga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Independent maxfiy agentlikka asosan. Aytilişiça, kompaniya mijozlar ma'lumotlar bazasiga kiriş imkoniga ega bölgan.
Xabar berilişiça, Huawei'ning nomi keltirilmagan bir qança yirik Niderlandiya telekommunikatsiya firmalari mijozlari ma'lumotlaridan foydalaniş uçun öziga xos “yaşirin eşigi” bölgan.
AIVD Niderlandiya agentligi bu holat Xitoy hukumatining ma'lumotlarga egalik qilişiga yöl oçib bergan-bermaganligi, maxfiy intellektual manbalar oşkor etilganligi yuzasidan izlanişlar olib bordi.
Huawei esa bu holat özi uçun ham “syurpriz”ligini bildirib, barça ayblovlar anonim resurslarga asoslangani bois izoh berişni rad qildi.
Avvalroq, kompaniya De Volkskrant naşrida qaysi davlatda faoliyat yuritsa, uning qonun-qoidalariga köra işlaşi, hukumat taşkilotlari uçun hamma eşiklarini yopiq saqlaşini bildirgan edi.
Niderlandiyaning uçta yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan ikkisi – KPN va Vodanafoneziggo voqealarga izoh berişni rad etgan. T-Mobile/Tele2 esa AIVDning izlanişlaridan bexabar ekanini bildirgan.
Mazkur ayblov haqida xabar berayotgan De Volkskrant gazetasining axborotida ham kompaniyaning noqonuniy kiriş yöli qanday işlagani haqida töliq ma'lumot mavjud emas.
Uşbu hodisalardan bir kun söng Huawei'ning AQŞ asosiy texnologiyalarini maxsus rasmiy ruxsatnomasiz sotib olişiga yöl qöyilmasligi töğrisida Trampning bayonoti e'lon qilinişi milliy xavfsizlik tizimini saqlaş uçun örinli taqiq böldi.
Huawei'ga öz 5G tarmoğini yaratişda çeklangan rolda iştirok etişga ruxsat bergan Britaniya hukumati ham Vaşington sanksiyasida bu boradagi siyosatini qayta öylab körişini ma'lum qildi.
“Huawei bilan aloqalarimiz va 5G dasturimiz uçun eng töğri siyosiy yondaşuvni öylayapmiz. Oxirgi qarorga kelingaç, hamma ma'lumotlar yangilanadi. Britaniya telekommunikatsiya tizimi butunlay xavfsiz bölişi, har qanday qarorga his-tuyğulardan xoli tarzda texnik baho bergan holda kelişga harakat qilyapmiz”, – deydi Britaniya boş vaziri Tereza Meyning vakili.











