Özbekistonda tadbirkorlik faoliyatini yölga qöymoqçi bölgan şaxslar asosan mulk huquqi böyiça muammolarga duç kelişadi. Bu haqda «Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va himoya qiliş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni yuzasidan ötkazilgan Adliya vazirligi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Anjumanda iştirok etgan prezident huzuridagi biznes ombudsman yetakçi inspektori Jamşid Hasanovning bayon qilişiça, tadbirkorlar asosan bino qurilişi va buzilişi, yer uçastkasini oliş singari mulk huquqi bilan boğliq muammolar yuzasidan murojaat qilişadi. “Şuningdek, litsenziya oliş, uni rasmiylaştiriş bilan boğliq jarayon yuzasidan ham tadbirkorlar muammolarga duç kelişmoqda”, ─ deydi inspektor.

Anjumanda respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlari egalari ham iştirok etişdi. Ular öz faoliyatlarida röbaro‘ bölayotgan muammolarni bayon etişdi.

Çingiz Mutalov, tadbirkor:

─ Davlat taşkilotlari va tadbirkorlar örtasida muloqot yaxşi yölga qöyilmagan. Yangi qonunlar, farmonlar çiqyapti, lekin hali eskilari hazm qilingani yöq. Idoralarga biron muammo yuzasidan murojaat qilsangiz, u yerda ötirganlar yangi çiqqan hujjat u yoqda tursin, eskisini hali töliq örganib, mohiyatiga tuşunmagan böladi.

Birdaniga hamma narsada erkinlik berilgani uçun fuqarolar hamma narsaga davlat javobgar, deb öylamoqda. Davlat esa ustma-ust qonun çiqariş bilan band.

Olmaliq şahar va Olmaliq metallurgiya qöşma korxonalari direktor muovini:

─ Ilgari davlat idoralariga biron masala bilan kiriş amri mahol edi. Hozir mutasaddilarning vakillari öz oyoqlari bilan kelib, muammolarni örganişyapti, davlat xizmatlari agentligi taşkil etildi. Lekin u yerda ötirgan vakillar tadbirkorlar va investorlarning savollariga qoniqarli javob bera olmaydi. Sarmoya kötarib kelgan investorning juda köp savollari böladi, lekin u aniq va batafsil javob ola bilmasa, hafsalasi pir böladi. Çunki şunaqa idoralarda ötirganlarning aksariyati investorga töğri tuşuntiriş bera oladigan salohiyatga, bilimga ega emas. Iqtisodiyotni tuşunadigan huquqşunos yöq hisob. Biron masala böyiça tugal xulosa aytib, javobgarlikni öz böyniga olişni birontasi istamaydi. Hali u vakilning, hali bu mutaxassisning eşigini taqillataverib ovora bölgaç, investor qaytib ketadi, uni heç qanaqasiga ham qaytara olmaysiz.