Tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oşadi

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi «Yoqilği-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqiçma-bosqiç özgartiriş töğrisida»gi 897-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 1 iyundan boşlab tabiiy va suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uçun narxlar oşiriladi.

Jumladan:

Tabiiy gazning ( 1 m³ uçun) narxi:

- hisoblaş asboblari bölganida aholining kommunal maişiy ehtiyojlari uçun — 350 söm;

- hisoblaş asboblari bölmagan holda aholining kommunal maişiy ehtiyojlari uçun:

- ovqat tayyorlaş va issiq suv ta'minoti uçun — 605 söm;

- isitiş tizimi uçun — 350 sömdan hisoblanadi.

Elektr energiyasining narxi (1 kVt soati uçun):

I va II guruhdagi iste'molçilar uçun — 370 söm;

III guruhdagi iste'molçilar uçun — 280 söm;

IV guruhdagi iste'molçilar uçun — 392 söm etib belgilanadi.

Davlat xizmatlarini körsatişdagi hudud va propiskaga çegara bekor böladi

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 maydagi «Davlat xizmatlari körsatiş milliy tizimini yanada kompleks rivojlantiriş çoralari haqida»gi qaroriga muvofiq 2019 yil 1 iyundan boşlab:

- davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun jismoniy va yuridik şaxslar istalgan joydagi Davlat xizmatlari markazlariga (propiska va poçta manzilidan qat'i nazar) murojaat qilişga haqli böladi;

- davlat xizmatlarini oliş uçun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda, davlat boji, yiğimlar va boşqa tölovlar Markazlar orqali yoki bevosita xizmat körsatuvçi organlarga murojaat etganda tölanadigan summadan 90 foiz miqdorida tölanadi.