Kuni keça, Davlat bojxona qömitasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Çilonzor va Sergeli tumanlarida ötkazilgan tezkor tadbir davomida simobni pullaşga uringan şaxslarning kirdikorlari foş etildi. 

Xususan, Çilonzor tumani hududida fuqaro B.A. fuqaro A.Ş.ga 

12 kilogramm simobni 12 ming AQŞ dollarga pullaşga kelişib, şundan 7000 dollarini oldindan olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.  

Şuningdek, yana bir holatda Sergeli tumanida fuqaro R.T. tomonidan şartli xaridorga 5 kilogramm simobni 5000 AQŞ dollariga noqonuniy tarzda sotiş rejasi çippakka çiqdi. 

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekşiruv işlari olib borilmoqda, deb yozadi Davlat bojxona qömitasi matbuot xizmati.