16-17 may kunlari Boş prokuratura Akademiyasi tomonidan «Huquqni muhofaza qiliş sohasida ilmiy va ta'lim salohiyatini oşiriş: mavjud tendensiyalar va istiqbollar» mavzusidagi xalqaro konferensiya ötkazildi.

Tadbirda ilm-fan va ta'lim sohasidagi 50dan ziyod xorijiy ekspertlar, şuningdek 21 davlat va 11 xalqaro taşkilotlarning amaliyotçilari iştirok etişdi.

Konferensiya dasturiga muvofiq, amaliy maşğulot va masofaviy ta'lim uçun barça zarur şaroitlari mavjud bölgan Boş prokuratura Akademiyasining yangi binosining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Ikki tomonlama uçraşuvlar yakunida Xalqaro (IACA) va Malayziya (MASA) korrupsiyaga qarşi kuraşiş akademiyalari, Turkiya Adliya akademiyasi, Ukraina prokuraturasining Milliy akademiyasi, Qirğiziston Respublikasi Boş prokuraturasining prokuror xodimlarini kasbiy tayyorlaş markazlari bilan hamkorlik töğrisida kelişuvlarga erişildi.