Toşkent şahrida bölib ötayotgan Moskva xalqaro munosabatlar davlat instituti bitiruvçilarining V forumida dunyoning investitsion xaritasi, investitsiya bozorida Özbekistonning imkoniyatlari xususida muhokama sessiyasi bölib ötdi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, unda iştirok etgan BCG (Boston Consulting Group)ning Rossiyadagi rahbari Vladislav Butenko Özbekistonda investitsion muhitni yaxşilaşning 5ta şartini aytib ötdi.
─ Sarmoyani jalb qilişga talabgorlar köp. Şu bois sarmoyani egallaşda birinçi bölişga intiliş, bozorlarni tezroq oçiş kerak;
─ Mamlakat salohiyatini, bozor şaroitini investorlarga töğri yetkazib bera oliş lozim;
─ Investitsiyani faqat pul körinişida emas, inson omili sifatida kiritiş mumkin. Investitsiyani töğri yönaltira oladigan kadrlar salohiyatini oşirişga ham e'tibor qaratiş muhim;
─ Çet mamlakatlarinng texnologiyalarini jalb qilgan holda mahalliy kuçdan unumli foydalaniş lozim;
─ Jahondagi muhitni ham hisobga oliş lozim. Özbekiston jahon miqyosida eng kuçli bozor bölmasligi mumkin, lekin Markaziy Osiyo mintaqasida buning uçun unda yetarliça imkoniyat mavjud.
«Dunyo böyiça 60 trln dollardan ortiq mablağ kişilarning hisobida bekor yotibdi. Ularni aylantiriş kerak, mablağ egalari öz sarmoyasini kiritiş uçun joy izlaydi. Özbekiston investitsiya bozorida yangi çiqayotgan yulduzga öxşaydi. Markaziy Osiyoning eng ilğor rivojlanayotgan mamlakati sifatida unining bu sohadagi imkoniyatlari juda katta», ─ deydi Butenko.

Moskva xalqaro munosabatlar davlat instituti bitiruvçilarining V forumida mazkur oliygoh bitiruvçisi, özbekistonik tadbirkor Fattoh Şodiyev ham iştirok etmoqda.

Forumning oçiliş marosimida nutq sözlagan Şodiyev mazkur institutning ahamiyati, öz hayotida tutgan örniga töxtalib ötdi. «Xalqaro munosabatlar institutida öqişni oddiy qişloq maktabiga qatnab yurganimdayoq orzu qilardim. Va bu menga nasib qildi. Bu institut avvaldan Özbekiston bilan köp tomonlama hamkorlik qilib keladi. Lekin uning xorijdagi birinçi rasmiy filiali aynan Toşkentda oçilgani katta yutuq, menimça. Hamyurtlarim Moskva xalqaro munosabatlar instituti kabi nufuzli ta'lim dargohida tahsil oliş imkoniyatiga ega bölişini doim istardim, buning uçun ilk amaliy qadam qöyildi», ─ deydi u.
















