Toşkent viloyati Parkent tumanida boş vazirning tadbirkorlar qabulxonasi taşkil etildi. Bugun, 19 may kuni boş vazir Abdulla Aripov qabulxona faoliyati bilan tanişdi va şu yerning özida bir guruh tadbirkorlarni qabul qildi.
Kun.uz manbasining xabar berişiça, quriliş-ta'mirlaş işlarida foydalaniladigan maxsus texnika vositalarini çetdan olib kiriş, dorivor giyohlar yetiştiriş va tayyorlaş uçun yer maydoni ajratiş, mineral öğitlar işlab çiqariş va qayta işlaş faoliyati bilan şuğullaniş uçun ruxsatnoma oliş singari masalalarda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar böyiça jami 11 murojaat qabul qilindi hamda şundan 8 tasi joyida öz yeçimi topgan bölsa, 3 tasiga tuşuntiriş berildi.

“Albatta, bu hali boşlanişi. Agar mazkur mexanizmni tölaligiça işlata olsak, tadbirkorlarning muammolarini, masalalarini şunday hal qilolsak, umid qilamanki, közlagan maqsadimizga albatta erişamiz”, dedi boş vazir.
Tadbirkorlar qabulxonasi faoliyati bilan tanişiş çoğida Adliya vaziri Ruslan Davletov qabulxonani taşkil etiş borasida amalga oşirilgan işlar haqida ma'lumotlar berdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirining birinçi örinbosari Olimjon Umarov "business.gov.uz" yagona interaktiv portali loyihasini taqdim etdi.

Boş vazir tadbirkor va investorlarga yanada qulay bölişi, ularning vaqt yöqotmasligi va sarson bölmasligi uçun portal dizaynini oddiy va sodda körinişga keltiriş, uning mobil ilovasini yaratiş, video murojaat yöllaş tizimini yölga qöyiş, eng köp kötariladigan mavzular va hududlar tahlilini muntazam yuritiş singari texnik va taşkiliy masalalar yuzasidan topşiriqlar berdi.
Eslatib ötamiz, 14 may kuni Özbekiston Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va himoya qiliş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan tadbirkorlarning, jumladan, çet ellik investorlarning muammolarini hal etiş uçun hududlarda boş vazirning qabulxonalari taşkil etilmoqda.












