Samarqand şahridagi quriliş me'yorlari buzilgan, köplab e'tirozlarga sabab bölib kelayotgan 159 ta obekt taqdiriga birin-ketin aniqlik kiritilmoqda. Bu uylarning 141 tasi viloyat miqyosida, 18 tasi respublika miqyosida nazoratga olingan. Ana şu uylardan birida bugun, 20 may kuni sud qarori bilan buziliş işlari boşlandi. Jarayonni Kun.uz muxbiri voqea joyida kuzatdi.

«AFROSIYoB XOSIYaT BeGIM MAKONI» MÇJga qaraşli Samarqand şahri Mironşoh köçasi 4-manzilda joylaşgan bu köp qavatli uy yuqoridagi tilga olingan 18 ta obektning biri hisoblanadi. Majburiy ijro byurosi Samarqand şahar bölimi vakillarining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, ayni vaqtda yuqori qavatlarga texnika olib çiqişning imkoni bölmagani sababli 30 nafar işçidan iborat guruh qöl mehnati bilan buziş işlarini olib bormoqda.

Bugun buzilişi boşlangan Mironşoh köçasidagi köp qavatli uy samarqandlik maşhur tadbirkor Umar Rajabovga tegişli ekani aytiladi. Xalq tilida «Umar uylari» deb aytiladigan uylardan bölgan bu 7 qavatli turar joy binosining 5 qavati buziladi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi quriliş böyiça mas'ul vakillari Kun.uz muxbiriga xabar qilişdi. Ularning aytişiça, özboşimçalik bilan qurilgan deb topilgan boşqa uylarning ham quriliş me'yorlariga zid qismlari buziladi.

Kun.uz muxbiri Mironşoh köçasida yuqorida ta'kidlangan uyning buziliş jarayonini kuzatar ekan mahalliy aholi vakillari bilan bu borada gaplaşdi. Ularning aytişiça, qurilişi yakunlanmagan bu uylarning deyarli hammasi oldindan sotib bölingan.
Samarqandda yirik tadbirkor Umar Rajabov va uning öğli qamoqqa olindi










