Unda Samarqand tumanining «Qöştamğali» mahallasida istiqomat qiluvçi Q.Ahadov öziga tegişli bölgan hovli Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan karantin çoğida buzib taşlanayotganidan şikoyat qilgan.
Mazkur masala böyiça Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boşqarmasining rasmiy munosabati e'lon qilindi.
Unda aytilişiça, Samarqand viloyat faollarining 2019 yil 26 iyulda ötkazilgan majlisida belgilangan vazifalarga muvofiq, Samarqand tumani xududidagi «Eşkak eşiş kanali» va unga tutaş hududda «Samarqand turistik majmuasi» taşkil etiş, turistik marşrutdagi yöllarni ta'mirlaş, rekonstruksiya qiliş, yöl atrofida infrastruktura quriliş işlari amalga oşirilişi munosabati bilan tumandagi «Qoziariq», «Jöyisoy» va «Qöştamğali» MFYlardagi jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli bir qator turar hamda noturar binolarni qonunda belgilangan tartibda buzib, evaziga ularning egalariga tovon pullari tölab beriş işlari amalga oşirilgan.
Şular qatorida, Q.Ahadovga tegişli, «Qöştamğali» mahallasida joylaşgan uy-joyining bir qismi uçun tovon puli berilişi va boşqa joydan yer maydoni ajratilişi belgilangan.

Biroq Q.Ahadov asossiz ravişda qonun talablarini bajarişdan boş tortganligi sababli da'vogar — Samarqand tuman hokimligi tomonidan fuqarolik işlari böyiça Tayloq tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritilgan.

Fuqarolik işlari böyiça Tayloq tumanlararo sudining 2020 yil 17 fevraldagi hal qiluv qarori bilan da'vo qanoatlantirilib, javobgar Ahadov Qodir Qudratoviçga tegişli, Samarqand tumanining «Qöştamğali» mahallasida joylaşgan hovlisining 49 foizi, ya'ni umumiy yer maydoni 571, 51 kv.m, quriliş osti maydonining 459,06 kv.m.dan iborat uy-joylarini buziş, javobgarni oila a'zolarini buzişga tuşgan uy-joydan çiqariş, buziş işlarini javobgar Q.Ahadov hisobidan amalga oşiriş belgilangan.
Şuningdek, sud ajrimiga binoan, buziş işlari Q.Ahadovga 618 mln. 80 ming 75 söm miqdordagi tovon pullari tölanganidan söng amalga oşirilişi, buzişdan çiqqan quriliş mollari da'vogarda qoldirilişi hamda Samarqand tuman hokimligi zimmasiga javobgarga şu hududdan 572 kv.m.dan kam bölmagan yer maydoni ajratiş majburiyati yuklatilgan.
Sudning mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Samarqand tuman bölimi iş yurituviga 2020 yil 2 aprelda kelib tuşgan va ijro işi qözğatilgan.




















