U yerda bitta kassa işlar va odamlar pul tölaş uçun öşa kassa oldida navbat kutardi. Biz bilan suhbatda tadbirkorlar şunday deyişdi: «Yangi ASKUE tizimiga ötilgaç, doim tölovlarni oldindan qilib turdik, lekin baribir elektrni uzib qöyişyapti. Axir bugun şanba, bank işlamaydi, qanday qilib tölov qilaylik? Pulni oladigan odam yöq».
Ba'zi tadbirkorlarning aytişiça, oldindan tölov qilganiga qaramay, elektr ta'minotidan uzib qöyilgan. Ularning da'vosiga köra, depozitda (ya'ni zaxirada) turgan kilovatt kamaygani uçun ham çiroq öçirilgan, vaholanki tadbirkor zaxirada kilovatti bölişi bilan birga oldindan tölov ham qilib qöygan. Bizga ma'lumot berişlariça, bir kunda 2400 nafar yuridik taşkilot qarzdorlik sabab, MIB tomonidan elektr ta'minotidan uzilgan (jumladan, bizning ofisda ham çiroq qarzdorlik sabab öçgani ma'lum böldi).
Tadbirkorlarning muammo böyiça fikrlarini eşitgaç, kassada odam kamroq böladi, degan tusmol bilan MIBga bordik, ammo u yerda faqat jismoniy şaxslar uçun tölov qabul qilinarkan. Ya'ni, MIB kassasidagi dastur 7 raqamli hisoblagiçlarga moslaşgan, yuridik taşkilotlarning hisob raqamlari esa 6 raqamli.
Yuridik taşkilotga röyxatdan ötgan hisoblagiçga na Click, na Paynet va na bank orqali pul taşlab bölmaydi (har holda biz borganda birorta bankdan pul tölab bölmadi). Faqat «elektroset» kassasida navbatda turib pul tölaşingiz kerak. Masalan, jismoniy şaxsga röyxatdan ötgan hisob raqamiga Click, Paynet, bank, bankomat orqali, xullas har qanaqasiga pul tölay olasiz. Darvoqe, oxirgi vaqtlarda jismoniy şaxslarga röyxatdan ötgan hisob raqamini Click orqali tekşirib bölmayapti. Xullas bu borada texnik muammolar odamlarning juda köp vaqtini olmoqda.
Turib-turib öylab qolasan kişi, nahotki ötgan yillar mobaynida gaz va elektr uçun tuzuk tölov sistemasi işlab çiqolmagan bölsak. Axir xuddi mobil aloqadagi kabi tizim yaratiş şunçalik qiyinmi? Pul tölaysan — gaz bor, elektr bor, pöl tölamaysan — heç narsa yöq, oddiy arifmetika. Telefonning puli tugasa, pul taşlaysiz va öşa zahotiyoq yana aloqadasiz, ammo elektr uçun hisob raqamingizda pul tugasa, bu katta boşoğriq: «elektroset»ga bor, navbatda tur, pul töla, tölovni aktivlaştir, undan ham keyin çiroq yonişini bir kun kut!
Samarqand şahar «Eyenergosotiş» xodimlari tölov tizimini soddalaştiriş ularning ham işini kamaytirişini aytdi. Kassadagi uzundan-uzun navbat işçilarga ham yoqmasligi aniq. Biz borgan kuni bitta kassirning tobi qoçib kasalxonaga tuşib qolganini aytişdi. Axir u yerga hamma alam bilan boradi, 10 kişidan biri aniq kassirga qöpollik qiladi, bu esa qöşimça asabbuzarlikni keltirib çiqaradi.
15-20 yil avval Hollivud kinolaridagi qahramonlar yotgan joyidan telefon orqali kommunal xizmatlar uçun pul tölayotganini körardik, afsuski, texnika asrining 20-yilida ham biz öşanday tizimga yetib kela olmayapmiz...

















