Boş vazir örinbosari Sardor Umrzoqov boşçiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlaşmalari va tijorat banklari rahbarlari iştirokidagi işçi guruh ötkazgan tahlilda ma'lum qilinişiça, şundan 2021 yilning birinçi çoragi yakunigaça 10,3 trln sömlik 1183ta loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Şu loyihalar doirasida 2021 yil oxiriga borib viloyatda 25 mingga yaqin yangi iş örni yaratilişi közda tutilgan.

Işçi guruh tomonidan Samarqand viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş va iqtisodiy ösiş nuqtalarini aniqlaş borasidagi işlarning borişi örganilgan.

Loyihalardan 153tasi töqimaçilik, meva-sabzavotçilik, oziq-ovqat sanoati, ipakçilik, çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik, hunarmandçilik, asalariçilik va zargarlik sohalarida amalga oşiriş böyiça. Bu loyihalarning umumiy qiymati 104,2 million dollarni taşkil etadi.

Abu-Dabi taraqqiyot jamğarmasidan jalb etilgan 90 million dollar Samarqand şahri içimlik suvi ta'minoti tizimini zamonaviylaştirişga, Jahon banki tomonidan ajratilgan 66 mln dollar esa viloyat va alohida tarzda Kattaqörğon şahrida suv ta'minoti va sanitariya tarmoqlarini quriş va qayta ta'mirlaşga yönaltirilgan. Umuman, mazkur yönalişdagi loyihalar uçun jami 273,5 million dollar sarflanadi. Qöşimça ravişda 6ta tuman markazi va şaharçalarda 117,5 million dollarga kanalizatsiya tizimlarini quriş va zamonaviylaştiriş ham rejalaştirilgan.

Şuningdek, Samarqand şahri markaziy köçalari va viloyatdagi asosiy yöllarni modernizatsiya qiliş uçun 217 million dollarlik loyihalar işlab çiqilmoqda.

Işçi guruh tomonidan «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi faoliyati tahlil qilinib, EIZni kengaytiriş uçun unga Urgut va Paxtaçi tumanlarida,  Samarqand va Kattaqörğon şaharlarida çegaralari aniq belgilangan 730 gektar yer maydonalari qöşilişi ma'lum qilingan.

Xorijda yaşab, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotgan vatandoşlar imkoniyatlari ham inobatga olingan. Ular bilan amalga oşiriladigan  istiqbolli loyihalar mavjud bölib bu yönalişda umumiy qiymati 366,1 mln dollarlik 43 loyiha rejalaştirilmoqda.

Viloyatda boğdorçilik va uzumçilik uçun yerlar kengaytiriladi.

Işçi guruh tomonidan olib borilgan örganişlar natijasida Samarqand viloyatining iqlim şaroitlarini hisobga olgan holda eksport klasterlari modelini keng joriy etiş orqali boğdorçilik va uzumçilikni rivojlantirişga alohida e'tibor qaratişga topşiriq berilgan.