Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Geodeziya va kartografiya töğrisida» Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi joylaştirildi.
Geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinişi va muvofiqlaştirilişi;
geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatning tizimliligi va uzluksizligi;
geodeziya va kartografiyaga oid materiallar va ma'lumotlarning töliqligi, işonçliligi va dolzarbligi;
geodeziya va kartografiya işlarini bajarişda ölçovlar birligini ta'minlaş;
xaritalar va rejalarni yaratiş va yangilaşda birxillaştirilgan şartli belgilardan foydalaniş va geografik obektlar nomlarini bir xil qöllaş;
geodeziya va kartografiyaga oid faoliyat sub'yektlari geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatni amalga oşirayotganda, agar qonun hujjatlarida boşqaça tartib belgilangan bölmasa, ularning teng huquqlarini ta'minlaş;
geodeziya va kartografiyaga oid faoliyat haqidagi qonunçilikni buzganlik uçun javobgarlik.
Geodeziya va kartografiyaga oid faoliyat obektlari: Özbekiston Respublikasining hududi, yer şarining hududi, kosmik fazo, şu jumladan tabiiy va suniy osmon jismlari.
Geodeziya va kartografiyaga oid faoliyat sub'yektlari quyidagilar:
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
geodeziya va kartografiyaga oid faoliyat sohasida maxsus vakolatli davlat boşqaruvi organi – Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi;
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
öz vakolatiga muvofiq geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatni tartibga soluvçi davlat va xöjalik boşqaruvi organlari;
geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatni amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyaga ega yuridik va jismoniy şaxslar;












