«Arsenal»ning asli kelib çiqişi turk bölgan germaniyalik yarimhimoyaçisi Mesut Özil bölajak rafiqasi bilan Dolmabahçe saroyida mehmon bölib, Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdöğan bilan iftorlik qildi.

Özil ötgan yili JÇ-2018 oldidan Erdöğan bilan körişgan va unga «Arsenal» futbolkasini sovğa qilgandi. Anqara va Berlin munosabatlarida taranglik hukm surgan vaqtda röy bergan mazkur voqea Germaniyada keskin tanqidlarga sabab bölgan, oqibatda Mesut milliy jamoadan ketgan edi.

NTV xabariga köra, Mesut Özil Erdöğanni kelasi oy Istanbulda bölib ötadigan töyiga taklif etgan.

Ma'lumot uçun, 30 yoşli xavbek bu mavsum APLning 24ta öyinida qatnaşib, 5+2 mahsuldorlik natijasini qayd etdi.