Özbekiston futbol assotsiatsiyasida hududiy futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari va futbol akademiyalari direktorlari iştirokida yiğiliş bölib ötdi. Yiğilişni ÖFA Birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov olib bordi.
Majlisda hududiy bolalar-ösmirlar futbol akademiyalari faoliyati tanqidiy körib çiqildi.
Birinçi navbatda futbol akademiyalarining infratuzilmasini yaxşilaş, sifatli maydonlar barpo qiliş, akademiya tarbiyalanuvçilariga barça şart-şaroitlarni muhayyo qiliş masalalari muhokama qilindi.
Umid Ahmadjonov mamlakatda futbolni rivojlantirişda akademiyalarning ahamiyati yuqori ekanini ta'kidlar ekan, akademiyalarning asosini mustahkam qilib şakllantiriliş asosiy vazifalardan biri ekanini aytib ötdi.
Bu borada futboli rivojlangan xorij akademiyalari tajribasidan faol ravişda foydalaniş zarurligi ham ta'kidlandi. Jumladan, Qatar milliy terma jamoasining sönggi Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatida bu mamlakatda faoliyat yuritayotgan "Aspire" akademiyasi, u yerda işlayotgan xorijiy mutaxassislarning örni katta ekani qayd etib ötildi. Şundan kelib çiqib, yurtimizdagi hududiy bolalar-ösmirlar futbol akademiyalari direktorlari va murabbiylarini malaka oşiriş va tajriba örganiş uçun futboli rivojlangan Ispaniya, Italiya, Gollandiya kabi mamlakatla akademiyalariga safarga yuboriş böyiça ham topşiriqlar berildi.
Şuningdek, hududiy bolalar-ösmirlar futbol akademiyalaridagi böş iş örinlarini malakali mutaxassislar bilan töldiriş, yuqori saviyali murabbiylarni bu yerga jalb qiliş masalalari ham körib çiqildi.

















