Yilning dastlabki tört oyi davomida yengil avtomobillar importi 136,8 mln dollardan oşdi. Bundan Davlat statistika qömitasi ma'lumotlari darak beryapti.
Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 2,1 baravar köp. Taqqoslaş uçun: 2018 yil davomida yengil avtomobillar importi 319 million dollarni taşkil etgandi.
Yanvar-mart oylarida mamlakatga 106,4 mln dollarlik avtomobillar import qilingandi, bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 2,2 baravar köp edi.
Çet el avtomobillari importining ösişi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy maşinalarni olib kiriş yengillaştirilgani bilan boğliq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va işlab çiqarilgan sanasidan ikki yil ötmagan bölsa, unda unga nol stavkali boj va 20% aksiz soliği qöllaniladi.












