Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori örinbosari Saida Mirziyoyeva Facebook’dagi sahifasida davlat organlari matbuot xizmatlariga aloqador post qoldirdi.
«Assalomu alaykum.
Uşbu postda dolzarb mavzu - davlat organlari matbuot xizmatlari faoliyatiga doir fikrlarim bilan bölişmoqçiman. Bu mavzu jurnalistlar tomonidan tez-tez kötarilmoqda va axborot sohasi uçun muhim ahamiyatga ega.
Mutaxassislarning bu boradagi fikrlari va xorijiy amaliyotni örganib, mamlakatimiz vazirlik va idoralari matbuot xizmatlarining faoliyati, afsuski, sust darajada qolayotganini qayd etişga majburmiz.
Matbuot xizmatlarining işi sustligi va köpgina davlat organlari rahbarlari OAV bilan muloqot qiliş zaruriyatini anglab yetmagani oqibatida mamlakatimiz aholisining islohotlar borişi töğrisida xabardorligi past, ularni yetarli darajada idrok etmayapti hamda Prezident va hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning mohiyati va tafsilotlarini tölaligiça anglamayapti. Davlatimiz tomonidan oşirilayotgan keng miqyosli işlar mamlakat içida ham, xorijda ham yetarli darajada yoritilmay, sezilmay qolmoqda.
Oqibatda, bunday vaziyat tekşirilmagan axborot, asossiz miş-miş va uydirmalarning paydo bölişiga olib kelmoqda, ular keng tarqalib, matbuot xizmatlari tomonidan munosabatsiz qoldirilgan bir şaroitda aholi örtasida tuşunmovçilik va norozilik keltirib çiqarişi mumkin.
Vaziyat matbuot xizmatlari kadrlar salohiyati çeklangani, ularning moddiy-texnik jihozlanişi va xodimlari malakasi darajasi pastligi bilan yanada keskinlaşmoqda.
Körib turganingizdek, oldimizda turgan muammo jiddiy va keng qamrovli. Öylaymanki, bu amaldagi hujjatlarga qöşimça ravişda kompleksli normativ-huquqiy hujjat işlab çiqiş va qabul qilişni taqozo etadi.
Xususan, matbuot xizmatlarining davlat organlari va jamiyat örtasidagi işonçli köprik sifatida samarali faoliyatini ta'minlaş, matbuot kotibi mavqeini oşiriş, muntazam ravişda malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş lozim va hokazo.
Biz bu boradagi işlarni boşlaganmiz. Jumladan, tegişli takliflar işlab çiqiş va normativ-huquqiy hujjatni tayyorlaş böyiça maxsus guruh tuzilgan.












