20 may kuni Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Superligada qatnaşayotgan klublar direktorlari, boş murabbiylari va hakamlar bilan yiğiliş ötkazdi.

Unda ÖFA tomonidan hakamlar saviyasini oşiriş, yoş hakamlarni tayyorlaş borasida köplab çora-tadbirlar amalga oşirilayotgani ta'kidlandi. Şunga qaramay, hakamlar tomonidan qabul qilinayotgan ba'zi qarorlar borasida köplab bahs-munozaralar yuzaga kelayotgani, natijada hakamlarga nisbatan notöğri fikr şakllanib qolayotgani qayd qilindi. Ataylab qöpol xatolarga yöl qöyadigan, turli qinğir işlarga aralaşib yuradigan hakamlar qat'iy jazolanişidan yana bir bor ogohlantirildi.

Şu bilan birga, hakamlar ba'zan insoniylik omili tufayli xatolarga yöl qöyişi kuzatilayotgani aytib ötildi. Bunday holatlarda boş murabbiylar öyin paytida öz hissiyotlarini jilovlab, hakamlarga nisbatan haqoratomuz iboralarni işlatişdan tiyilişi kerakligi ta'kidlandi.
ÖFA ekspertlar guruhi tomonidan har bir hakamning harakatlari kuzatib, tahlil qilib boriladi. Öyin natijasiga ta'sir etuvçi qöpol xatolarga yöl qöyganlar tegişli tartibda jazolanadi. Ba'zi qarorlar öyin vaqtida muxlislarga şubhali tuyulsa-da, mutaxassislar guruhi tomonidan örganib çiqilganidan keyin, hakamlar töğri qaror qabul qilgani oydinlaşgan vaziyatlar ham bölayotgani tilga olindi.

Şulardan kelib çiqib, klublar boş murabbiylari va mutasaddilari doimo ÖFA va PFL rahbariyati bilan özaro aloqada bölib, xato va kamçiliklarni birgalikda bartaraf etib boriş taklif qilindi.











