AQŞdagi boks janglaridan birida kutilmagan holat yuz berdi – boksçilar bir-birlarini bir vaqtda nokdaunga jönatdilar. Uşbu holat videosi YouTube’da joylaştirilgan.

Voqea kubalik Irosvani Dyuvergel va amerikalik Jyerxed Fenderson örtasidagi jangda yuz bergan. 3-raundda boksçilar özaro zarbalar almaşa boşlaganlar va qöş nokdaunga uçraganlar. Dyuvergel zarbadan keyin kanatlar ustiga yiqilib, darhol örnidan tura olgan, Fenderson esa ma'lum vaqt ringda yotgan. Jang keyinroq hakamlarning bir ovozli qaroriga köra Fenderson ğalabasi bilan yakunlangan.