Yozgi ta'til mavsumi yaqinlashmoqda. Farzandlaringiz ta'tilni maroqli va shu bilan birga unumli o‘tkazishini istaysizmi? U holda shoshiling! «Zomin Sunrise»dan ajoyib aksiya: yaqinlashib kelayotgan Ramazon Hayiti hamda Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan oromgohning birinchi mavsumiga 10 foiz chegirmani e'lon qiladi.  

«Zomin Sunrise» oromgohi bolalar uchun quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

  • Shinam va ekologik toza muhitda yashash;
  • Foydali va to‘g‘ri tanlangan mahsulotlardan 6 mahal menyu;
  • Madaniy va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari;
  • Malakali mutaxassislarning professional yondoshuvlari;
  • Ta'lim va ko‘ngilochar dasturlar;
  • Transport xizmati va boshqalar (Toshkent-Zomin-Toshkent).

Tog‘ qo‘ynida betakror maskan

Bolalarning salomatligi uchun Zomin – ajoyib tog‘ manzaralaridan iborat, ekologik toza hudud. Bu yerda noyob o‘simliklar va hayvonot olami, betakror tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘lish mumkin.

«Zomin Sunrise» oromgohi Samarqand va Toshkent o‘rtasida, Zomin qo‘riqxonasi hududida joylashgan. Bu maskan ikki ming yillik tarixga ega bo‘lib, Zomin tog‘lari YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlardan biridir. Uni bejiz «Ikkinchi Shveytsariya» deb atashmaydi.

Oromgohda bolalar 24 soat davomida kuzatuv ostida bo‘lishadi. 12 kun davomida yozgi ta'tilni maroqli va unutilmas o‘tishi ta'minlanadi.

Oromgoh hududida bolalar sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan: futbol, basketbol, volleybol, stol tennisi, katta tennis, shaxmat va shashka hamda boshqalar.

Shuningdek, quyidagi to‘garaklar ham faoliyat olib boradi:

1. Pazandachilik;

2. Rassomchilik;