Yoz fasli maktab o‘quvchilari uchun tatil va maroqli xordiq payti.
Joriy iyul ham yozgi ta'tilning ikkinchi oyi sifatida oromgohlarning bolalar bilan gavjum davri hisoblanadi.
Kun.uz sayti Respublikadagi qator oromgohlarda bo‘lib maktab o‘quvchilarining dam olishi, bilimlarini mustahkamlashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar yoritilgan qator reportajlar berib bormoqda.
Sayt muxbirining navbatdagi reportaji Jizzax viloyati Zomin tumanidagi «Zomin Sunrise» bolalar oromgohidan bo‘ldi.


«2016 yilda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ushbu oromgoh yoz oylari davomida 12 kundan jami 6 mavsumda 1000 nafarga yaqin o‘quvchilarning dam olishi uchun mo‘ljallangan. Ayni damda bolalar oromgohida 3 mavsum davom etmoqda», — deydi Kun.uz muxbiri bilan suxbatda oromgoh raxbari To‘rabek Shodiyev .

«Zomin Sunrise» oromgohida o‘quvchilarning mazmunli xordiq chiqarishi, yangi o‘quv mavsumiga yaxshi kayfiyatda yo‘l olishlarini uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan. Jumladan, zamonaviy, shinam turar joy, bolalar basseyni va 10dan ortiq sport to‘garaklari mavsum davomida o‘quvchilar xizmatida bo‘ladi.


Shuningdek, maxsus retseplar asosida tayyorlangan 6 mahal mazali ovqat, bolalar aqliy salohiyatini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan treninglar, bouling musobaqalari, biznesning ilk saboqlarini o‘rgatishga mo‘ljallangan – biznes dars, ingliz tili o‘quv kursi, milliy va zamonaviy raqs hamda mohir qo‘llar to‘garaklari ham oromgohning kichik mehmonlariga manzur bo‘lmoqda.























