Xalq ta'limi vazirligi «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi markaziy kengaşi raisi Sarvar Otamurodovning Sirdaryo, Samarqand, Farğona, Toşkent viloyatlaridagi tarbiyasi oğir bolalar uçun möljallangan törtta maxsus maktabdagi vaziyat yuzasidan bildirgan tanqidiy fikrlariga raddiya bildirdi.

Vazirlikning ma'lum qilişiça, bugungi kunda Özbekistonda alohida şaroitlarda ta'minlaş, tarbiyalaş va ta'lim berişga muhtoj bolalar uçun ixtisoslaştirilgan törtta ta'lim muassasalari mavjud. Bular Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tasarrufidagi Baxt şahridagi öğil bolalar maxsus kolleji va Qöqon şahridagi maxsus yengil sanoat kolleji, Xalq ta'limi vazirligi tasarrufida Samarqand şahridagi 64-sonli öğil bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internati hamda Çinoz tumanidagi 5-sonli qiz bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatidir.

Mazkur maktab-internatlariga ijtimoiy xavfli qilmişlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortiş mumkin bölgan yoşga tölmagan yoxud ruhiy kasallik bilan boğliq bölmagan holda rivojlanişda öz yoşiga nisbatan ança orqada qolişi oqibatida sodir etgan qilmişining mohiyatini töliq anglab yetişga qodir bölmagan, yakka tartibdagi profilaktika işi olib borilayotganligiga qaramay, huquqbuzarliklar yoki boşqa ğayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilişni davom ettirayotgan 11—14 yoşli voyaga yetmaganlar ma'lum bir muddatga (6 oydan 3 yilgaça, to axloqan tuzalgunlariga qadar) joylaştiriladi. Tarbiyalanuvçilar axloqan tuzalganlaridan söng, umumta'lim maktablarida ta'lim olişni davom ettiradi.

Xalq ta'limi tizimiga qaraşli Samarqand şahridagi 64-sonli öğil bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatida jami 113 nafar tarbiyalanuvçiga 43 nafar, Çinoz tumanidagi 5-sonli qiz bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatida jami 40 nafar voyaga yetmagan bolalarga 20 nafar pedagog ta'lim-tarbiya beradi.

«Ma'lumotlarda keltirilgan jumlalar töğrisida töxtalib ötadigan bölsak, avvalo ‘… homilador yoş qizlar bor, u şaroitlarda odam yaşay olmaydi’ qabilidagi gaplar keltirib ötilgan. Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, vazirlik tasarrufidagi yuqorida keltirib ötilgan ta'lim muassasasida 11—14 yoş qizlar tarbiyalanadi. Tarbiyalanuvçi qizlar orasida esa bu kabi holatlar qayd etilmagan», — deyiladi bayonotda.

Vazirlikning e'tiroziga köra, xalq ta'limi tizimidagi ixtisoslaştirilgan maktab-internatlariga öquvçilar sud ajrimi va xalq ta'limi vazirligining yöllanmasiga asosan çuqur tibbiy körikdan ötkazilgan holda qabul qilinadi. Tarbiyalanuvçilarning homiladorligi haqida tarqatilgan notöğri ma'lumotlar esa 11—14 yoşli qizlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tahqirlaşga sabab bölmoqda.