Toşkent şahar Uçtepa tumanining törtta sektoriga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, Farxod Ravşanoviç Abdullayev Toşkent şahar Uçtepa tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Farhod Abdullayev 35-Tuzel saylov okrugi deputati, kommunal xujalik va atrof muhitni muhofaza qiliş masalalari böyiça doimiy raisi lavozimlarida faoliyat körsatgan. 2011−2018 yillarda «Özikkilamçiranglimetall» korxonasiga rahbarlik qilgan.

Eslatib ötamiz, 10 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Uçtepa tumanida bölib, tuman rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar, mutasaddilar bilan uçraşuv ötkazgandi. Tuman hokimi Şuhrat Maxamadnazimoviç Atamuhamedov va tumanning boşqa rahbarlari davlat rahbarining uşbu tumanga taşrifi yakunlariga köra işdan olingandi.
2017 yildan Toşkent viloyati Angren tuman DSI boşliği lavozimida faoliyat körsatib kelayotgan Rustam Maxmudjanoviç Aşirmatov Uçtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliği etib tayinlandi.
Uçtepa tumani böyiça içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimiga Sayfullo Negmatoviç Axmedov nomzodi tasdiqlandi. U 2018−2019 yillarda Toşkent şahar IIBB Jinoyat qidiruv boşqarmasi boşliğining örinbosari — giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravişda muomala qilişga qarşi kuraşiş bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.
2018 yildan Samarqand viloyati prokurorining örinbosari lavozimida işlagan Jobir Odiloviç Azimov Uçtepa tumani prokurori böldi.
















