Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan 99 nafar şaxsni afv etiş töğrisidagi iltimosnomani rad qildi. Bu haqda Aziya Plyus xabar bermoqda.
Joriy yilning 6 mayida imzolangan, Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlaştirilgan huquqiy axborot bankida e'lon qilingan Prezident farmonida qayd etilişiça, uşbu şaxslarning iltimosnomasi ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasi tufayli rad etilgan.
Ta'kidlanişiça, mahkumlarning şaxsi, yetkazilgan zarar miqdori, qamoqxonalarda özini qanday tutgani va Tojikiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Afv etiş masalalari böyiça komissiya taqdimnomasi ham hisobga olingan.
Tojikistonda har bir mahbus 2017 yilda prezidentdan yiliga bir marta afv etiş haqida söraş imkoniyatiga ega böldi.












