Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 may kuni Qozoğiston Respublikasining birinçi prezidenti – Elboşi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat avvalida davlat rahbari Nursulton Nazarboyevga Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini har tomonlama qöllab-quvvatlayotgani hamda ularni rivojlantiriş va mustahkamlaşga qöşayotgan şaxsiy hissasi uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Birgalikdagi sa'y-harakatlar tufayli keyingi yillarda mamlakatlarimiz örtasidagi an'anaviy yaqin munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga kötarilgani, aniq amaliy mazmun bilan boyigani alohida ta'kidlandi.

Joriy yil aprel oyida Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning Özbekistonga amalga oşirgan ilk davlat taşrifi samarali bölgani, bu Elboşi taşqi siyosati bardavomligini yana bir bor namoyiş etgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Suhbatda Şavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama munosabatlarga doir, şuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Asosiy e'tibor savdo-iqtisodiy sohada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, sanoat, energetika, transport va boşqa tarmoqlarda yetakçi korxonalar va işbilarmonlar darajasida kooperatsiyani kuçaytirişga qaratildi.

Özaro savdo hajmi izçil ortib borayotgani va uning tarkibi diversifikatsiya qilinayotgani ijobiy baholandi. 2018 yilda tovar ayirboşlaş hajmi 3 milliard dollardan oşdi, yaqin vaqtda bu körsatkiçni kamida 5 milliard dollarga yetkaziş vazifasi turibdi.

Keng iqtisodiy imkoniyatlar va madaniy-gumanitar sohadagi katta salohiyatdan samarali foydalaniş maqsadida, jumladan, Özbekistonda Qozoğiston yili tadbirlari doirasida izçil hududlararo aloqalarni davom ettiriş muhimligi qayd etildi.

Mamlakatlar boş vazirlari boşçiligidagi Ikki tomonlama hamkorlik böyiça Hukumatlararo qöşma komissiya muhim örin tutayotgani alohida ta'kidlandi.

Muloqot söngida Şavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev Özbekiston va Qozoğiston qardoş xalqlarining farovonligi, Markaziy Osiyoning barqarorligi va izçil taraqqiyoti yölida strategik şeriklik va özaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama mustahkamlaşga özaro intiliş qat'iy ekanini yana bir bor ta'kidladilar.