Janubiy Afrika respublikasi parlamenti “Afrika milliy kongressi” partiyasi yetakçisi Siril Ramafosani mamlakat prezidenti etib qayta sayladi.
Ta'kidlanişiça, Ramafosaga heç kim raqobatlik qilmagan.
JARda 8 may kuni milliy assambleya (parlamentning quyi palatasi) va hududlar qonunçilik yiğinlariga umumiy saylovlar bölib ötgan. Saylov komissiya ma'lum qilganidek, parlament saylovlarida 57,51 foiz ovoz bilan “Afrika milliy kongressi” ğolib bölgan.
JARda umumiy saylovlar 5 yilda bir marta ötkaziladi. Bunda saylovçilar muayyan nomzodga emas, balki siyosiy partiyaga ovoz berişadi. Ğolib çiqqan partiya öz yetakçisini mamlakat prezidenti etib tayinlaydi.
Bungaça Ramafosa JAR prezidenti lavozimini 2018 yil fevralidan egallab kelayotgandi.












