Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergovchi 27 500 dollar pora taklif qilishayotgani haqida viloyat prokuroriga xabar berdi
Andijon viloyati, Paxtaobod tuman prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan fuqaro I.I. (1970 y.t.) jinoyat ishining o‘ziga oid qismini ijobiy hal qilib berishi uchun jami 27.500 AQSh dollari taklif qilib, shundan 7.500 AQSh dollarini naqd shaklda hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20.000 AQSh dollariga teng bo‘lgan savdo do‘konini tergovchi aytgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni aytib pora taklif qilgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovchisi viloyat prokurori nomiga fuqaro I.I. unga pora taklif qilayotganligi to‘g‘risida bildirgi bilan murojaat qilgan.
Fuqaro I.I. 21.05.2019 yilda tergovchiga kelishilgan 27.500 AQSh dollaridan 3.000 AQSh dollarini bergan hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20.000 AQSh dollariga teng bo‘lgan savdo do‘konini rasmiylashtirib berish uchun tergovchidan pasport nusxani olayotgan vaqtida viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan I.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:01 / 02.06.2026
Huquq organlari xodimlari pora olishni rad etgani uchun mukofotlanishi to‘g‘ri emas - Aksilkorrupsiya agentligi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
18:35 / 30.05.2026