Özbekiston Osiyo öyinlarida ilk oltin medalni qölga kiritdi

Özbekiston sportçilari Yaponiyada bölib ötayotgan Osiyo öyinlarida dastlabki oltin medalga sazovor böldi.

21-sentabr kuni karate böyiça bahslarda -67 kg vazn toifasida iştirok etgan Abdulvahob Raşidov çempionga aylandi. U finalda mezbonlar vakili Yugo Kozakidan ustun keldi (7:5).

Natijada Özbekiston sportçilari bitta oltin, bitta kumuş va bitta bronza bilan kuçli önlikka kirib oldi. Avvalroq, karate böyiça -55 kg vazn toifasi vakili Humoyunmirzo Halimov kumuş medalni, aralaş jang sanʼatining modern yönalişida -71 kg vazn toifasida Nodirbek Şavkatov bronza olgan edi.

Toşkentda bank omonati bilan boğliq yirik talon-toroj holati foş etildi

Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Sergeli tumani bölimi tijorat banklaridan biridagi yirik miqdordagi talon-toroj holatini aniqladi.

Departament maʼlumotiga köra, tergovga qadar tekşiruv davomida bankning masʼul şaxslari fuqaro I.M. tomonidan omonatga qöyilgan 500 ming AQŞ dollarining 300 ming dollarini özlaştirgan. Ular omonat egasi nomidan qalbaki ariza va boşqa hujjatlar rasmiylaştirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) hamda 228-moddasi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar va blankalarni qalbakilaştiriş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatildi.

Dubaydan qariyb 1,3 mlrd sömlik oltin buyumni olib kirişga uringan şaxs uşlandi

Toşkent xalqaro aeroportida Dubaydan kelgan yölovçining yukidan deklaratsiyada körsatilmagan, qiymati qariyb 1,3 mlrd sömlik zargarlik buyumlari va oltin quymalari aniqlandi. Bojxona nazorati vaqtida fuqaroning yuki orasidan sof oğirligi 921,37 gramm bölgan 141 dona zargarlik buyumi hamda uçta oltin quymasi topilgan.