WikiLeaks asosçisi Julian Assanj AQŞ sudi tomonidan 175 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Bu unga qöyilgan yangi ayblovlar böyiça berilişi mumkin bölgan eng maksimal jazo muddatidir.
Assanjga bildirilgan 17 ta yangi ayblov orasida josuslik va maxfiy axborotni oşkor qiliş qonunini buziş ayblovlari bor. Şuningdek, jurnalistga qöyilgan avvalgi ayblov – kompyuterni buzib kiriş maqsadida til biriktiriş ayblovi ham öz kuçida qoladi.
Yangi ayblovlarning har biri böyiça maksimal jazo 10 yilni, kompyuterni buzib kiriş maqsadida til biriktiriş uçun esa 5 yilni taşkil qiladi. Şu tariqa Assanjga tayinlanişi mumkin bölgan maksimal jazo 175 yilni taşkil qiladi.
“Agar u aybdor deb topilsa, unga til biriktirişdan taşqari, har bir modda böyiça 10 yillik qamoq jazosi berilişi mumkin”, deb aytilgan xabarda.
WikiLeaks asosçisi AQŞ sörovi bilan Britaniyada 11 aprelda hibsga olingandi. Britaniya sudi 2 may kuni AQŞga Assanjni ekstraditsiya qiliş uçun yuridik asoslangan sörovni beriş uçun 65 kunlik muhlat bergan.













