Joriy yilning birinçi çoragida Qozoğiston buğdoyining asosiy xaridoriga Özbekiston aylandi, deya xabar bermoqda LS agentligi.

2019 yil yanvar-mart oylarida Qozoğistondan buğdoy va meslinning umumiy eksporti 1,7 mln tonnani taşkil etdi, bundan 622,9 ming tonnasi Özbekistonga yuborildi. Yetkazib beriş qiymati 96 million dollardan oşib ketdi.

Bundan taşqari, 2019 yilning uç oyi davomida Özbekiston Qozoğistondan 104,6 ming tonna unni 18,4 million dollarga sotib oldi.

Ötgan yili ham Özbekiston buğdoyning asosiy xaridori bölgan. 2018 yilning 8 oyi davomida mamlakat 174,3 million dollarlik don sotib oldi. Öşanda yetkazib beriş hajmi bir yil içida 54,8 foizga ösdi.