Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 may kuni Toşkentdagi Talabalar şaharçasida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari bilan tanişdi.

Talabalar şaharçasi mamlakatimizdagi yirik ta'lim va ilm-fan maskanidir. Bu yerda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi, kollej va litseylar, sport majmualari joylaşgan. Ikki universitetda qariyb 25 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.

«Prezidentimiz taşabbusi bilan şaharça hududining boşlanişida, «Beruniy» metro bekati yonida Beruniy maydoni barpo etildi. Abu Rayhon Beruniyning Texnika universiteti oldidagi haykali şu yerga köçirilib, atrofi obod qilindi. Allomaning buyuk merosi haqida ma'lumot beruvçi toş lavhlar örnatildi. Bular öziga xos majmua hosil qilib, Talabalar şaharçasi ilmiy salohiyatining yana bir ramzi böldi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbari uşbu majmuani közdan keçirdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 2 dekabr kuni Talabalar şaharçasiga taşrif buyurib, Innovatsion rivojlaniş vazirligi uçun bino quriş böyiça körsatmalar bergan edi.

Şunga muvofiq bu yerda beş qavatli zamonaviy bino bunyod etilmoqda. Vazirlikda iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion ehtiyojlarini örganiş, yoşlar innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş xizmatlari, masofaviy ta'lim kurslari yölga qöyiladi. Yangi işlanma va texnologiyalar namoyişi, startap loyihalar iqtidorli yoşlarda ilmiy-tadqiqot könikmalarini şakllantirişga yordam beradi.