Venetsiyaga sayohat qiliş uçun otlanganda uzoq sayrlar va sayyohlar olomoniga tayyor turing. Ayniqsa, karnaval va mahalliy festivallar vaqtida boradigan bölsangiz. Bu paytda şaharga dunyoning barça qismlaridan sayyohlar keladi va ularning hammasi gondolada sayr qiliş va şaharning asosiy obidalarni tomoşa qilişni istaydilar.

Venetsiya ibodatxonalarini körib çiqqaç, zargarlarning yopiq dökonlari, şaharning arxitektura va gastronomik xazinalariga taşrif buyuriş kerak. Bu şahar aholisi hamda sayyohlarning tor doirasigagina ma'lum bölgan öziga xos joylar.
Judekka oroli

Venetsiyadagi şovqin va faollikdan çarçaganingiz zahoti «suv taksisiga» ötiring va tölqinlar ustida Judekka oroliga otlaning. Bu yerda gözal boğlarga guvoh bölasiz. U yerda ananas, atirgul va ulkan sarv daraxtlari ösadi. Bu yerda boğni qurgan avstriyalik arxitektor Frederik Xundertvasserning uyi joylaşgan. Usta binolarni qurişda tabiatning haqiqiy hayotiga aralaşmaslik kerakligini aytgan. Orol öz sukunati, çiroyli manzaralari va boğlarining ifori bilan sizni öziga jalb etadi.
Libreria Acqua Alta

San-Marko maydoni yaqinida kitob dökoni joylaşgan. Bu yerda turli xorijiy tillarda yozilgan kitoblarni topiş mumkin. Ular yangi naşrlar ham yoki bir neça kitobxonni körgan eski kitoblar ham bölişi mumkin.
Libreria Acqua Alta dökoni ğaroyib intereri bilan öziga xos. Bu yerda kemalar, gondola va hatto vannalar ham javon vazifasini bajaradi. Bundan taşqari, dökonda muşuklar ham yuradi. Derazadan esa kanalning betakror manzarasini kuzatiş mumkin.
Antica Locanda Montin












