Rossiya poytaxti Moskva şahrida Yandeks kompaniyasining yillik YaC (Yet Another Conference) anjumani bölib ötdi va unda Kun.uz sayti vakillari ham iştirok etdilar.
Asosiy mavzusi “Kelajak detallarda” deb nomlangan bu anjumanda dunyoning eng yirik IT kompaniyalaridan biri bölgan Yandex özining amaldagi va yaqin kelajakda hayotga tatbiq qilinadigan texnologiyalarini taqdim qildilar.

Tadbirning öziga xos jihati boşlovçisiz, töla-tökis Alisa dasturi yordamida bölib ötgani böldi. Kompaniya asosiçisi va boş direktori Arkadiy Voloj Yandeks tomonidan işlangan haydovçisiz avtomobil bilan zalga kirib kelişi bilan boşlangan tadbir kelajak texnologiyalarining navbatma-navbat taqdim qilinişiga ulanib ketdi.

Moskva markazidagi “Megasport” saroyida, tört ming nafarga yaqin tomoşabinlar, mutaxassislar va OAV vakillari köz öngida kompaniyaning Yandeks.Modul, bulutli restoranlar tarmoği, Alisa bilan aqlli uy, avtomobillarni intellektual boşqariş, Yandeks.Dzenning yangi imkoniyatlari, sun'iy ong bilan boğliq işlanmalar namoyiş etildi.



Taqdimotlar orasida bölib ötgan matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, bu yangiliklarni hayotga tatbiq qiliş, ayrim texnologiyalarni joriy qiliş (masalan haydovçisiz avtomobillar) uçun davlatlar qonunçiliklarida özgarişlar zarurligi ma'lum qilindi. Çunki şu yilning özida Yandeks tomonidan 100 dona haydovçisiz avtomobillar köçalarga çiqarilişi möljallangan.












