“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Hayoning fazilati”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Katta Qozirobod” masjidi imom-xatibi Abduqahhor Yunusov şarhlab berdi.

YouTube

Tas-IX

Uqba ibn al Ansoriy (r.a) Payğambarimiz Muhammad salollohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: “Sobiq payğambarlardan odamlarga yetib kelgan bir ibora mavjud – “Uyalmasang, istaganingni qil!”.

Buxoriy, Abu Dovud va Ibn Mojalar rivoyati.

Buning ma'nosi şundan iboratki, masalan, bir işga röbaro‘ kelindi. U işda xayr bormi, baraka bormi, u hayoga muvofiqmi yoki nomuofiqmi, inson agar inson bölsa, möminlik-musulmonlik da'vosida bölsa, u işni örganadi. Unda Allohning roziligi, Unda Rasulullohning roziliklari bormi yöqmi? Dinimizning munosabati qanday? Yuqoridagi ibora ba'zi bir vijdonsiz, behayo kişilarga nisbatan aytilgan. 

Hayoning fazilati haqida kelgan hadisda, insonlarni hayoga tarğib etiş yotadi. Çunki Rasululloh salollohu alayhi vasallam “Hayo – iymondandur” dedilar. Çunki hayo bu – payğambarlarning sunnati, yöli hisoblanadi. Insonning amallari qabul bölişi uçun ham hayo zarur böladi.

Insonda tanlaş imkoniyati bor. Alloh taolo insonning qalbiga halol, pok va şu bilan birga harom bölgan narsalarni körsatdi. Luqmaning halolligida ham hayo zarur böladi. Inson qiladigan işiga nazar taşlaşi zarur. Har qanday işda, ya'ni birov körmayapti, birov bilmayapti, degan fikrdan uzoq böl. Çunki Alloh taolo körib, kuzatib turgan Zotdir!

Toşkent şahar "Katta Qozirobod" masjidi imom-xatibining telegramdagi rasmiy kanaliga a'zo böling!