Xorazm viloyati Hazorasp tumani markazida «Hazorasp tekstil» yirik yengil sanoat kompleksi işga tuşirildi, deb xabar beradi Kun.Uz muxbiri.
24 may kuni korxonaning tantanali oçiliş marosimi ötkazildi. Unda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, tuman hokimliklari va davlat idoralari xodimlari, korxona va taşkilot rahbarlari, mehnat faxriylari, san'atkorlar iştirok etişdi
«Hazorasp tekstil» kompleksidagi ip-kalava işlab çiqariş loyihasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq, jami 80 milliard sömlik investitsiya mablaği özlaştirilgan holda, «Asakabank» mablağlari va «Vikkot Impeks» MÇJ investitsiyalari hisobiga amalga oşirildi. Korxonadagi uskunalar Şveytsariyaning «Riter maşin vorks LTD» kompaniyasi tomonidan yetkazib berildi.
«Hazorasp tekstil» korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava işlab çiqariş quvvatlari yaratilgan bölib, mahsulotning 80 foizini eksport qiliş imkoniyati mavjud. Bu loyihani amalga oşirilişi orqali 200ta yangi iş örinlari yaratildi.




























