Özbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida”gi qonunining 7-moddasiga asosan, yoşga doir pensiya oliş huquqiga erkaklar 60 yoşga tölganda va iş stajlari kamida 25 yil bölgan taqdirda, ayollar 55 yoşga tölganda va iş stajlari kamida 20 yil bölgan taqdirda ega böladilar, deya xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi.

Qaysi hollarda fuqarolar muddatidan oldin yoşga doir pensiyaga çiqişlari mumkin?

Erkaklar iş staji (kamida) 25 yil bölgan taqdirda 58 yoşdan, ayollar iş staji (kamida) 20 yil bölgan taqdirda 53 yoşdan, ya'ni belgilangan yoşdan ikki yil oldin yoşga doir pensiyaga çiqiş huquqiga “işsiz” deb e'tirof etilganda ega böladilar. Uşbu toifaga texnologiyadagi, işlab çiqariş va mehnatni taşkil etişdagi özgarişlar, xodimlar soni (ştati) yoki iş xususiyatining özgarişiga olib kelgan işlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan işdan ozod etilgan va işsiz deb e'tirof etilgan şaxslar kiradi.

(“Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida”gi Qonun 14-moddasi)

Fuqarolar muddatidan oldin yoşga doir pensiyaga çiqişlari uçun Pensiya jamğarmasi tuman (şahar) bölimiga zarur hujjatlarga qöşimça ravişda Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuman (şahar) Aholi bandligiga kömaklaşiş markazining şaxsni işsiz deb e'tirof etiş töğrisidagi taqdimnomasini taqdim etişi lozim.

Texnologiyadagi, işlab çiqariş va mehnatni taşkil etişdagi özgarişlar, xodimlar soni (ştati) yoki iş xususiyatining özgarişiga olib kelgan işlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan işdan ozod etilgan fuqarolarni işsiz deb e'tirof etiş Özbekiston Respublikasi ijtimoiy ta'minot vazirligi va Mehnat vazirligining 30.11.1998 yildagi 2274/4 va 1235/04-1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alohida asoslarga köra mehnat şartnomasi bekor qilinganda işdan böşatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlaş tartibi töğrisida Yöriqnoma” bilan tartibga solinadi.

Unga asosan, Bandlikka kömaklaşiş markazi tomonidan işsiz deb e'tirof etilgan va muddatidan oldin yoşga doir pensiyaga çiqiş huquqiga ega bölgan fuqarolarga taqdimnoma rasmiylaştiradi va 5 kun muddat içida tegişli budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining tuman (şahar) bölimiga topşiradi.

Bandlikka kömaklaşiş markazi tomonidan berilgan taqdimnoma, budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining tuman (şahar) bölimi tomonidan muddatidan oldin yoşga doir pensiya tayinlaşga asos bölib hisoblanadi.