Mamlakatda yoşlarni kasb-hunarga örgatiş, kasb-hunar ta'limi tizimini takomillaştiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Biroq, tan oliş lozim, kollej bitiruvçilarini iş bilan ta'minlaş eng oğriqli masalalardan biridir, deb yozmoqda Farhod Tolipov «Mahalla» gazetasida. Uning maqolasi ÖzA tomonidan e'lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 13 may kuni qabul qilingan «Mehnat bozorida talab yuqori bölgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bu boradagi muammolarni hal qiliş yölidagi muhim qadamlardan böldi.

Hujjatga köra, Bandlik va mehnat munosabatlari, Oliy va örta maxsus ta'lim hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirliklari hamkorligida kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlar uçun, şuningdek, mehnat bozoridagi real ehtiyojni hisobga olgan holda davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida örta böğin mutaxassislar va işçi kasblar böyiça kadrlar tayyorlaşni taşkil qiliş loyihasi işga tuşiriladi.

Davlat-xususiy şeriklik nima?

Bugun mamlakatimizda davlat-xususiy şeriklik faoliyatiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Maktabgaça ta'lim, soğliqni saqlaş tizimlariga bu tajriba muvaffaqiyatli tarzda joriy qilindi. Davlat-xususiy şerikçilik mexanizmini barça sohalarga joriy etişda çet el tajribasini örganiş, tahlil qiliş va ulardan foydalaniş Özbekistonning yanada rivojlanişida muhim omil böladi.

Davlat-xususiy şeriklik mexanizmini joriy etiş ta'lim muassasalarining xarajatlarini rejalaştiriş va sarflaş şaffofligini ta'minlaş çoralarini köriş, faoliyatining oçiqligi va ular mustaqilligining oşirilişi davlat-xususiy şeriklikni yölga qöyiş uçun asos bölib xizmat qiladi va ularning investitsion jozibadorligini oşiradi.

Kollejlarni davlat-xususiy şeriklikka ötkaziş kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlarda yaratilayotgan yangi iş joylari, şuningdek, mehnat bozoridagi real ehtiyojga köra, örta böğin mutaxassislar va işçi kasblar böyiça kadrlar tayyorlaş imkonini beradi.

Kollejlar tayyor mutaxassis yetkazib beradi

— Ta'kidlaş joiz, uzoq yillardan buyon kollej bitiruvçilarini iş bilan ta'minlaş masalasi oğriqli nuqtalardan biri edi, — deydi Respublika kasb-hunar ta'limi markazi boşqarma boşliği Ötkir Alimjonov. — Davlat-xususiy şeriklik asosida faoliyat yuritadigan kasb-hunar kollejlari esa uşbu muammoga yeçim böladi. Bunda kadrlar tayyorlaş masalasida rivojlangan davlatlarning ilğor tajribalari ommalaştiriladi. Endilikda korxona bevosita kadrlar tayyorlaş jarayonida iştirok etişi, özi uçun zarur xodimga uşbu kasbning qaysi jihatlarini çuqurroq örgatiş lozimligi böyiça talab va tavsiyalarini bildirişi mumkin. Şunga köra, biz ta'lim dasturlarimizni qayta körib çiqişimiz lozim böladi. Ya'ni malakali arxitektor, dizayner, dehqon, fermer, texnolog, muhandis singari mutaxassislar bevosita dars jarayonida iştirok etib maslahatlarini berib borişi mumkin.