Toşkent viloyati hududlarida qattiq va suyuq maişiy çiqindilarni çiqindi poligonlariga qabul qiliş va saqlaş xizmatlari uçun yagona tariflarni belgilaş töğrisida Xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining qarori qabul qilindi.

Unga köra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzuridagi «Çiqindi poligonlarini boşqariş direksiyasi» viloyat hududiy boşqarmasi davlat muassasasi tomonidan qattiq va suyuq maişiy çiqindilarni hududiy poligonlarga qabul qiliş hamda saqlaş böyiça yangi narxlar belgilangan. Xususan, 2025 yil 1 yanvardan boşlab 1 kub metr çiqindi uçun QQS bilan 20 ming 37 söm (QQSsiz 17 890 söm), 1 tonna uçun QQS bilan 48 ming 633 söm (QQSsiz 43 423 söm) tölaşga töğri keladi.

Qayd etilişiça, Toşkent viloyatida 18 ta çiqindi poligoni mavjud bölib, ular 246 gektar maydonni egallagan.

Kuni keça Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlarini körsatiş sohasida tölov intizomi mustahkamlanişiga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqilgan va qabul qilingan edi. Unga köra, çiqindidan qarzi borlarga elektr uçun tölov qiliş çeklab qöyilişi böyiça tizim joriy etiladi.

«Özbekkosmos» agentligining ekologiya yönalişidagi kosmik monitoring natijalariga köra, 2024 yilning bugungi kuniga qadar Özbekistonning qariyb 721 gektar maydonida 1 ming 928 ta noqonuniy çiqindixonalar aniqlangan.