Afğoniston boş vazirining maslahatçisi Nur Muhammad Arab Qunduz şahrida otib öldirildi. Bu haqda mahalliy amaldorlarga tayanib Ariana News telekanali xabar berdi.

Telekanalning ma'lum qilişiça, yakşanba kuni bir guruh qurollangan noma'lum şaxslar Nur Muhammad Arabga hujum qilişgan. 

Otişma çoğida uning tansoqçilaridan biri jarohatlangan.

Voqeaga oid boşqa tafsilotlar keltirilmagan.