Janubiy Koreya bugun eng rivojlangan, dunyodagi iqtisodiy barqaror mamlakatlardan biri. Biroq 60 yil muqaddam mahalliy aholi bu darajadagi muvaffaqiyat va hayot darajasi haqida faqat orzu qilardi. Albatta, bu davlatning yuqoriga kötarilişi köplab tarkibiy qismlarga ega, Koreyaga iqtisodiy möjizaga erişişda yordam bergan qisqa formulani alohida ajratib körsatiş muşkul.
Biroq asosiy omillardan biri, şubhasiz koreyslarning noreal, aql bovar qilmas darajadagi mehnat qobiliyatidir.


Janubiy Koreya aholisining mehnatkaşligi şu darajada ğaroyibki, u haqida afsonalar yaratiladi. Iş jadvali esa tasavvurni hayratga soladi, afsuski mahalliy aholining salomatligiga zarar keltiradi. Ular şu darajada köp va intensiv işlaydilarki, bu hukumat boş qotiradigan davlat darajasidagi muammoga aylanmoqda. Surunkali köp işlaş köplab janubiy koreyaliklarning ta'tilga otlanganda özi yaşayotgan şahardan taşqariga çiqmasligiga olib keldi.




Vatandoşlarining mazkur «taşqariga çiqmas» fenomeni bilan qiziqqan fotograf Sangyu Kim kiçik, biroq yodda qoluvçi «Yaxşi kunlar» fotoloyihasini amalga oşirdi. Unda Sangyu Kim Janubiy Koreyadan taşqariga çiqmay, doimiy ravişda işga oid vazifalariga kirişişga tayyor bölgan aholi qanday dam olişini körsatadi.





















