Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada mavsum yakunlandi. YeChL va Yevropa Ligasida kimlar ishtirok etishi aniq bo‘ldi
Italiya A Seriyasida mavsum yakunlandi.
Chempionatning 38-turida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini taqdim etuvchi 3- va 4-o‘rinlar masalasi hal qilindi. Yakunda bu yo‘llanmalar «Atalanta» va «Inter»ga nasib etdi.
Jan Pero Gasperini boshchiligidagi bergamoliklar jamoasi oxirgi turda osonlik bilan «Sassuolo»ni mag‘lub etishdi (3:1) va 3-o‘rinni egallashdi. O‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan «Atalanta» birinchi marta Chempionlar ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Luchano Spalletti boshqaruvidagi «Inter» ligada qolish uchun kurash olib borgan «Empoli»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi (2:1) va 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘yinda Mauro Ikardi penaltidan gol urolmadi faqat o‘yin oxirida Nayngollan urgan gol jamoani qutqarib qoldi. «Neradzurri» «Yuventus», «Napoli» va «Atalanta» qatorida Chempionlar ligasida qatnashadi.
«Empoli» esa A Seriyani tark etdi. Aurelio Andreatssoli boshqaruvidagi toskaniyaliklar klubi 38 ochko to‘pladi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tufayli «Jyenoa»dan ortda qolib 18-o‘rinni band etdi hamda B seriyaga tushib ketdi.
«Empoli» o‘tgan mavsumda A Seriyaga chiqqandi va yuqori divizionda atigi bir mavsum o‘tkazdi. Bungacha ligani «Frozinone» (25) va «Kevo» (17) jamoalari tark etishgandi.
Oxirgi turgacha YeChL uchun kurashgan «Milan»ga SPAL ustidan qozonilgan g‘alaba yetarli bo‘lmadi (3:2), Gattuzo shogirdlari parallel kechgan uchrashuvda hamshaharlari ochko yo‘qotishidan umid qilishgandi. «Roma» ham «Parma»ni mag‘lub etgan bo‘lsada (2:1), kuchli to‘rtlikka kira olmadi. Bu natijalar mos ravishda 68 va 66 ochko to‘plagan «Milan» va «Roma»ga 69tadan ochko olgan holda uchinchi va to‘rtinchi bo‘lgan «Atalanta» va «Inter»ni quvib o‘tish imkonini bermadi.
«Milan» chempionatni 5-o‘rinda, «Roma» esa 6-o‘rinda yakunladi. Bu jamoalar keyingi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etishadi. Bu turnirda Italiya Kubogi sohibi «Latsio» ham qatnashadi, «Roma» Yevropa Ligasini saralash bosqichidan boshlaydi.
Italiya chempionati
38-tur
Roma – Parma 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 35 Pellegrini, 1:1 – 86 Jyervino, 2:1 – 89 Perotti.
Roma – Mirante, Florensi, Fasio, Jyezus, Kolarov, Pellegrini, de Rossi (Under, 82), El-Shaaravi, Pastore (Kristante, 57), Perotti, Djyeko (Shik, 62).
Parma – Frattali, Yakoponi (Gatssola, 79), Brunu Alvesh, Galolo, Gobbi, Kutska, Shtulats (Pepin, 66), Detsi, Sprokati (Diakate, 90), Cheravolo, Jyervino.
Ogohlantirishlar: Kutska (38), Perotti (40), Pellegrini (78).
Atalanta – Sassuolo 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 19 Berardi, 1:1 – 35 Sapata, 2:1 – 53 Gomes, 3:1 – 65 Pashalich.
Atalanta – Gollini (Rossi, 90), Masello (Pashalich, 62), Gimshiti, Palomino, Kastan, de Ron, Froyler, Gosens, Gomes (Manchini, 90), Ilichich, Sapata.
Sassuolo – Pegolo, Lirola (Raspadori, 90), Demiral, Ferrari, Rojyerio, Burabiya, Manyanelli, Dankan, Berardi, Lokatelli (Jurichich, 59), Boga (Sernikola, 85).
Ogohlantirishlar: Ilichich (38), Rojyerio (45), de Ron (45), Manyanelli (45), Ferrari (48).
Chetlatishlar: Berardi (45), Manyanelli (83).
Kalyari – Udineze 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 17 Pavoletti, 1:1 – 59 Xadlvredsson, 1:2 – 69 De Mayo.
Kalyari – Krano, Srna (Padoin, 76), Pizakane, Klavan, Likoyannis, Barella, Bradarich (Cherri, 82), Ionitse, Kastro (Birsa, 68), Pavoletti, Joao Pedro.
Udineze – Musso, De Mayo, Trost-Ekong, Samir, ter Avest, Mandragora (Mitsin, 88), Xadlvredsson, Agemang-Badu (Uilmot, 84), D'Alessandro, Teodorchik, Pussetto (Lazanya, 77).
Ogohlantirishlar: Srna (64), Musso (83), Klavan (84), Uilmot (87).
SPAL – Milan 2:3 (1:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 18 Chalxono‘g‘li, 0:2 – 23 Kessie, 1:2 – 28 Vikari, 2:2 – 53 Fares, 2:3 – 66, penalti Kessie.
SPAL – Viviano, Chonek (Flokkari, 77), Vikari, Bonifatsi, Ladzari, Valoti (Yankovich, 72), Murjia (Shimich, 90), Kurtich, Fares, Petanya, Antenuchchi.
Milan – Donnarumma (Reyna, 21), Abate (Kutrone, 63), Musakko, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bakayoko, Chalxono‘g‘li, Suso, Piontek, Borini (Konti, 80).
Ogohlantirishlar: Abate (27), Bonifatsi (36), Chonek (65), Bakayoko (81).
Fiorentina – Jyenoa 0:0 (0:0, 0:0)
Fiorentina – Lafon, Milenkovich, Petsselya, Vitor Ugo, Benassi, Fernandesh, Jyerson, Veretu (Dabo, 90), Biragi, Keza, Muriel.
Jyenoa – Radu, Biraski, Romero, Zukanovich, Pedru Pereyra (Sanabriya, 81), Bessa (Rolon, 87), Radovanovich, Velozu, Krishito, Pandev (Gyunter, 84), Kuame.
Ogohlantirishlar: Jyerson (21), Radovanovich (82), Bessa (83).
Inter – Empoli 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 51 Keyta Balde, 1:1 – 76 Traore, 2:1 – 81 Nainggolan.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa (Keyta Balde, 46), Vesino, Brozovich, Politano, Nainggolan, Perishich (Dalbert, 74), Ikardi (Martines, 71).
Empoli – Drongovski, Mayyetta (Uchan, 71), Silvestre, Dell`Orko, Bennaser, Di Lorenso, Payach, Akkua (Brigi, 71), Traore, Kaputo, Farias.
Ogohlantirishlar: Keyta Balde (52), Payach (64), Perishich (72), Kaputo (90), D`Ambrozio (90).
Chetlatishlar: Keyta Balde (90), Perukkini (90).
Frozinone – Kevo 0:0 (0:0, 0:0)
Frozinone – Bardi, Brigenti, Ariaudo, Kapuano, Paganini, Dzampano (Chiofani, 64), Valsania (Mayyello, 46), Sammarko, Begetto, Chiano, Dionizi (Trotta, 82).
Kevo – Shemper, Frey, Tsesar, Andreolli, Depaoli, Rigoni, Diusse (Burruchaga, 33), Yaroshinski, Vignato (Pyazon, 62), Puchcharelli (Juvara, 79), Pellisse.
Ogohlantirishlar: Valsania (32), Depaoli (36), Chiano (52), Rigoni (90).
Bolonya – Napoli 3:2 (2:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 43 Santander, 2:0 – 45 Djyemaili, 2:1 – 57 Gulyam, 2:2 – 77 Mertens, 3:2 – 88 Santander.
Bolonya – Skorupski, Mbayye, Larangeyra, Voynovich, Deyks, Djyemaili (Destro, 83), Pulgar, Soriano (Svanberg, 83), Orsolini, Santander, Palasio (Kreychi, 86).
Napoli – Karnezis, Malkyui, Albiol, Luperto, Gulyam, Verdi (Kalexon, 64), Zelinski, Fabian Ruis, Insine (Mertens, 63), Milik, Yunes (Gaetano, 84).
Ogohlantirish: Zelinski (79).
Torino – Latsio 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 51 Yago Falke, 2:0 – 53 Lukich, 2:1 – 66 Immobile, 3:1 – 80 de Silvestri.
Torino – Sirigu, Itsso (Moretti, 84), Nkulu, Bremer (Rinkon, 79), de Silvestri, Bazelli, Meyte, Ayna, Yago Falke (Dzadza, 69), Lukich, Belotti.
Latsio – Proto, Bashtush, Acherbi, Radu (Kapanni, 82), Romulo, Parolo, Badel, Brunu Jordau (Durmisi, 58), Lulich, Kataldi, Immobile.
Ogohlantirish: Kapanni (83).
Sampdoriya – Yuventus 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 84 Defrel, 2:0 – 90 Kaprari.
Sampdoriya – Rafael, Bereshinski, Ferrari, Kolli, Sala, Barreto (Ronaldu Viyeyra, 70), Prat, Linetti, Ramires (Kaprari, 58), Defrel, Kualyarella (Gabbyadini, 78).
Yuventus – Pinsolo, Kaseres, Rugani, Kellini (Bonuchchi, 65), De Shilo, Kuadrado, Djan (Portanova, 58), Bentankur, Mateus Pereyra (Nikolussi-Kavilya, 75), Dibala, Kin.
Ogohlantirishlar: Rugani (52), Portanova (90).
Mavzuga oid
09:18 / 04.10.2021
A Seriya. «Milan» «Atalanta»dan ustun keldi, «Roma», «Yuventus», «Napoli»dan g‘alaba va boshqa natijalar
07:18 / 08.08.2021
Shomurodovdan debyutda gol, 7 gol urilgan o‘yinda «Roma» 4ta «qizil» oldi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
21:32 / 01.11.2020
A Seriya. Ronaldudan dubl, «Yuve»dan yirik g‘alaba, «Latsio»dan superkambek
09:44 / 29.05.2020