“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida qadimiy şaharlardagi turistik obektlarni özaro “dor yöli” (kanatka) bilan boğlaş haqida petitsiya e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, turizm mamlakatda jadal rivojlanib borayotgan sohalardan biri hisoblanadi.
“Prezidentning taşabbusi bilan bu sohada amalga oşirilayotgan işlar tahsinga sazovor. Turistik makonlarning jozibadorligini oşiriş uçun infratuzilmalar ham ajoyib bölişi kerak. Hozirgi kunda jahonning turli joylarida şaharlarni tepadan tomoşa qiliş imkonini beradigan dor yöllari mavjud. Bu turistlar oqimini yana ham oşirişga xizmat qiladi. Qolaversa, keksalarimiz ham ziyoratga kelsa, maşinadan tuşib to ziyoratgohlarga kelgunça çarçab qolayotganini köp kuzatganmiz”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Bildirilişiça, dor yöli ham bir transport kabi. Undan foydalaniş köpgina yengilliklarni va ajoyib taassurotlarni olib keladi.
“Dor yöli (kanat)ni milliy me'morçilikka asoslangan holda tarixiy imoratlarimizning körkiga putur yetkazmasdan quriş lozim. Şaharlarimizni tepadan va toza havodan nafas olgan holda tomoşa qilişga qiziqiş juda ommalaşadi. Buni tajriba tariqasida Samarqand, Xiva yoki Buxoro şaharlarida sinov tarzida tatbiq qilsa böladi. Dor yöli kabinalarini ekonom, biznes, turist va şunga öxşaş boşqa turlarga ajratiş mumkin”, - deyiladi petitsiyada.












