Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida 25 may kuni soat 01.00larda noma'lum haydovçi aniqlanmagan avtomaşinani Oqtoş mahallasidan ötuvçi “Yakkaboğ-Çiroqçi-Kökdala-Şörbozor” yölining 16-km.da haydab ketayotib piyoda, Olaköylak qişloğida yaşagan 21 yoşli D.T.ni urib yuborib, voqea joyidan yaşiringan. Natijada D.T. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, uşbu yöl-transport hodisasini sodir etgan noma'lum haydovçini aniqlaş va uşlaş çoralari körilgan. Holat yuzasidan jinoyati işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, uşbu yöl-transport hodisasini sodir etgan haydovçi va uning boşqaruvidagi avtomaşina haqida biron-bir ma'lumotga ega bölsangiz, içki işlar organlarining hududiy bölimlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berişingizni söraymiz”, - deyiladi IIV xabarida.