Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ozarboyjonning milliy bayrami - Respublika kuni munosabati bilan prezident Ilhom Aliyevga tabrik yölladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ozarboyjon davlatçiligi tiklaniş kuni 1992 yildan boşlab har yili 28 mayda Davlat bayrami - Respublika kuni nişonlanadi. Bayramning boşqa nomi - Ozarboyjon davlatçiligi tiklaniş kuni. 

Bayram  1918 yilda Ozarboyjon Milliy Kengaşi tomonidan Ozarboyjon Demokratik Respublikasi mustaqilligini tantanali suratda e'lon qilinişi  şarafiga örnatilgan, şu kuni Tiflisda (hozirgi Tbilisi) mustaqillik deklaratsiyasi imzolangan. 1918 yilda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi taşkil etilişi Ozarbayjon tarixida yorqin sahifa hisoblanadi.