Serbiyalik Lyubinko Druloviç qöl ostida Tokio Olimpiadasida qatnaşişi vazifa qilib belgilangan Özbekiston olimpiya terma jamoasi duşanba kunidan boşlab Toşkentda navbatdagi yiğinga kirişdi.

12 iyunga qadar davom etadigan yiğin mobaynida jamoa vodiy viloyatlarida Misr olimpiya termasi bilan örtoqlik öyinlari ötkazadi. Dastlabki öyin 9 iyunda Andijonda, «javob bahsi» 11 iyun kuni Namanganda bölib ötadi.

Hozirda Olimpiyaçilar «Ramada» mehmonxonasida yaşab, «Bunyodkor» akademiyasi maydonlarida maşğulot ötkazmoqda. Tayyorgarlikni kuzatgan Tribuna.uz fotomuxbiri jarayondan sara suratlarni taqdim etdi.

Eslatib ötamiz, Lyubinko Druloviç Özbekiston olimpiya milliy jamoasini kelasi yilning yanvar oyida Tailandda bölib ötadigan Osiyo çempionatiga tayyorlamoqda. Musobaqada dastlabki uçta örinni egallagan termalar Tokio-2020 Olimpiadasiga yöllanmani qölga kiritadi.

Yiğinga quyidagi 27 nafar futbolçi jalb etilgan.

Darvozabonlar:
Ergaşev Umidjon, "Nasaf"
Hamroyev Umidjon, "Paxtakor"
Ne'matov Abduvohid, "Nasaf"
Ziyovutdinov Nizomitdin, OKMK

Himoyaçilar:
Saitov Dilşod, "Nasaf"
Kobilov Islom, "Bunyodkor"
Ğofurov Husniddin, "Surxon"  
Alijonov Ilhom, "Istiqlol"
Aliqulov Husniddin, "Nasaf"
Rustamov Oybek, "Qöqon-1912"
Yuldaşev Ibrohim, "Metallurg" 
Salimov Alişer, "Paxtakor

Yarim himoyaçilar:
Muhitdinov Şarof, "Nasaf"
Ğaniyev Aziz, "Nasaf"
Ismoilov Abrorbek, "Surxon" 
Abdullayev Abdulla, "Bunyodkor"